Bahrayn futbol federatsiyasining sobiq rahbari, hozirda FIFA prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri şayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa kelişilgan öyinlarni taşkillaştirişga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

2010 yilda singapurlik Uilson Raj Perumal Salmon va Bahrayn futbol federatsiyasi nomidan Togo terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi taşkil etgan. Uçraşuv Bahraynning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan, bu öyinda 5 ta gol ofsayd sababli bekor qilingan.

Uçraşuvdan keyin Togo jamoasi uçun öynagan öyinçilar haqiqiy futbolçilar emas, balki qalloblar ekanligi ma'lum bölgan. Togoning haqiqiy öyinçilari esa bu orada Botsvana bilan ötkazilgan uçraşuvdan söng avtobusda uylariga qaytayotgan bölganlar.

Perumal 1995 yil Singapurda va 2011 yilda Finlyandiyada kelişilgan uçraşuvlarni taşkillaştirgani uçun ikki marta qamoqda ötirgan. Perumalning özi esa 2014 yil CNN telekanali efirida "faoliyati" davomida 100ga yaqin kelişilgan öyinlarni taşkillaştirgani, ular orasida jahon çempionatlarining saralaş öyinlari darajasidagi kabilar ham bölganini aytgan.

Şayx Salmon Perumal bilan aloqasi borligi haqidagi xabarni inkor etgan.

"Biz heç narsadan bexabar edik. Kimdir sizning yurtingizga Togo kabi termani olib kelsa, siz bu jamoani tanimaysiz. Men bu öyinçilarni qanday bilişim mumkin? Bu ma'lum bölgandan keyin biz FIFA vakillari bilan bu qanday yuz berganini biliş uçun hamkorlik qilişni boşladik. FIFA agentga qarşi çoralar qabul qilgan", deb aytmoqda Salmon.

Eslatib ötamiz, FIFA prezidenti lavozimiga saylovlar Tsyurixda 26 fevralda bölib ötadi.