2018 yilda Rossiya mezbonlik qiladigan futbol böyiça jahon çempionati vaqtida mamlakatdagi mehmonxonalar uçun narxlar 700 ming rubldan qimmat bölmasligi belgilab qöyildi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.
Ayni vaqtda Sankt-Peterburgdagi eng haşamatli "beş yulduzli" mehmonxonalarning eng qimmatbaho nomeri narxi aynan 700 ming rublni taşkil etadi. Şahardagi eng arzon nomer esa Nevadagi mehmonxona bölib, bu yerdagi eng arzon nomerni 1 kunga 4600 rubl evaziga oliş mumkin. Moskvada esa mundial vaqtida jng qimmat nomer 650 ming rubldan oşmaydi. Hozirda eng arzon xona narxi 2480 rubl bölib turibdi.
Rossiyaning JÇ-2018 turniri öyinlarini qabul qiladigan boşqa hududlaridagi mehmonxona narxlari qay darajada bölişi quyida keltirilgan:
Mordoviya respublikasi: 26,4 ming rubl (maksimum) — 2610 rubl (minimum);
Tatariston respublikasi: 85 ming rubl — 3400 rubl;
Krasnodar ölkasi: 85 ming rubl — 3000;
Volgograd viloyati: 45 ming rubl — 3200;
Sverdlovsk viloyati: 47 ming rubl — 2610;
Kaliningrad viloyati: 57,5 ming rubl — 2400;
Nijyegorod viloyati: 70,68 ming rubl — 4250;
Rostov viloyati: 52,29 ming rubl — 2440;
Samara viloyati: 75,3 ming rubl — 2250.
Rossiyadagi Jahon çempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyunigaça ötkazilişi belgilangan.






