Moskva va Moskva viloyatidagi ikkita savdo markazidagi odamlar portlovçi modda haqidagi anonim qönğiroqlar sababli evakuatsiya qilindi. Bu haqda 13 fevralda favqulodda xizmatlardagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Moskvaning Presnenskiy köçasidagi "Afimoll Siti", "Atrium" va "Mega "Belaya Daça" savdo markazlaridan odamlar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Xonalar tekşirilmoqda, deb ma'lum qildi manba.
"Moskva 24" telekanali syujyetida aytilişiça, "Afimoll Siti"da "Miss Rossiya" tanlovi iştirokçilari saralaş bosqiçi bölib ötişi kerak edi, biroq kasting evakuatsiya sababli barbod böldi. "Bizning ma'lumotga köra, bino ma'muriyatiga savdo markazida portlovçi qurilma qöyilgani haqida qönğiroq kelib tuşgan", deb aytdi voqea joyida bölgan muxbir.
"Bugun men "Miss Rossiya-2016" kastingini "Afimoll"da olib borayotgandim. Kastingning eng qizğin payti "Afimoll"dan odamlarni evakuatsiya qilişni boşlaşdi! Trevoga, albatta, yolğon bölgan, biroq biz ikki soatdan beri içkariga qayta olmayapmiz", deb yozdi Instagram’da Love Radio boşlovçisi Maksim Privalov.
Guvohlarning aytişiça, savdo markazida kuyindi hidi kelgan. Yonğin signlizatsiyasi işlab ketgan, voqea joyida sapyor va kinologlar itlari bilan işlamoqda.






