Pentagonning AQŞ kongressiga bergan hisobotidagi ma'lumotlarga köra, Şimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketa işlab çiqişda davom etmoqda. Bu raketa "AQŞning qit'adagi qismiga yetib borişi mumkin". Bu haqda Bloomberğdagi manbaga iqtibos keltirgan holda RNS naşri xabar bermoqda.
AQŞ mudofaa vazirligi hisobotidagi ma'lumotlarga köra, Şimoliy Koreya loyihalaştirayotgan KN-08 raketasi 5,5 ming kilometrdan köproq uzoqlikka uça oladi.
Ta'kidlanişiça, Şimoliy Koreya ayni vaqtda ğildirakli şassi negizida 6 ta mobil qurilmaga ega.
Pentagonda ta'kidlanişiça, bunday qurilmani kuzatiş şaxtada joylaşgan uçiriş qurilmalaridan uçiriluvçi raketani kuzatişdan qiyinroq. Biroq şunga qaramay, xavf darajasi KN-08 raketasining "qançalik muvaffaqiyatli loyihalanişi va yaratilişiga" boğliq böladi.






