Rim papasi Frantsisk 13 fevralda Vatikanning Özbekiston Rossiyadagi elçisi arxiyepiskop Ivan Yurkoviçni Jyenevadagi BMT tuzilmalari va Jahon savdo taşkilotidagi Muqaddas taxtning doimiy vakili etib tayinladi.
Ivan Yurkoviç 1952 yilda Sloveniyaning Koçeve şahrida tuğilgan.
Yurkoviç Janubiy Koreya apostollik nuntsiaturasining kotibi, Kolumbiyadagi apostollik nuntsiaturasining auditori, Muqaddas taxtning Rossiyadagi vakolotxonasidagi kotibi, şuningdek, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti kotibiyatida maslahatçi bölib işlagan.
Yurkoviç 2001 yilda yepiskoplik darajasiga va Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan arxiyepiskoplik şarafiga kötarilgan. Yurkoviç rus tilini yaxşi biladi, çunki Moskvadagi katolik diniy kollejida diniy huquqdan saboq bergan.
Yurkoviç sloven va rus tilidan taşqari, italyan, ingliz, ispan, nemis, fransuz va ukraina tillarida erkin gaplaşa oladi.
Manba: Sputniknews






