Suriya xorijiy harbiylarning mamlakat hududidagi harbiy ixtilofga aralaşuviga muhtoj emas. Bu haqda Suriyaning muxolifatdagi muzokaralar böyiça Oliy qömitasi vakili Salom Maslat aytdi. Uning aytişiça Suriyada "demokratiya uçun jang qiluvçi odamlar yetarliça, unga taşqi kuçlar kerak emas". Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Maslat agar Başar Asad qöşinlari Eron yoki Rossiya tomonidan quruqlikdagi harbiy kömakni olsa, vaziyat özgarişi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi Suriyada IŞIDga qarşi quruqlikdagi qismlarni joylaştirişga tayyorligini ma'lum qilgandi. Saudiyaliklar şu maqsadda Turkiyaning Injirlik bazasiga razvedkaçilar yuborgan. Söngra bunga BAA ham tayyorligini ma'lum qilgan.
Öz navbatida, AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Joşua Bayker AQŞ Suriyaga xalqaro qöşinlarni kiritiş imkoniyatini qaramayotganini aytgan. "Biz barçamiz Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Amirliklar bayonotini kördik. Biroq, prezident Obama aytganidek, AQŞ Suriyada quruqlikdagi operatsiyani ötkaziş böyiça heç qanday rejaga ega emas", deb ta'kidlab ötdi Bayker.






