Niderlandiyadagi Tvente universiteti olimlari içimlik suvi yetişmasligidan aziyat çekuvçi sayyoramiz aholisi uluşini baholadilar. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida çop etildi, u haqda qisqaça The New York Times naşri saytida ma'lum qilindi.
Içimlik suvi tanqisligini sezayotgan odamlarning yarmi Hindiston va Xitoyda, qolganlari esa Avstraliya, Bangladeş, Pokiston, Nigeriya, Meksika va AQŞning janubi-ğarbida (Kaliforniya, Texas va Florida ştatlari) yaşaydi. Rossiya, Braziliya, Kanada, Markaziy va Şarqiy Yevropa içimlik suvi tanqisligi muammosiga ega emas.
Suvning muntazam yetişmasligi (bir yilda bir oydan kam bölmagan muddat) sababli jiddiy muammolarga jami bölib sayyoramiz aholisining uçdan ikki qismi, ya'ni 4 mlrd ga yaqin odam duç keladi. Avval olimlar, suvning yetişmasligidan 1,7-3,1 mlrd odam aziyat çekişini taxmin qilişgandi.
Olimlar öz tadqiqotlarida kompyuter modelidan foydalanişdi. Unda sayyoramizning odamlar yaşaydigan hududi 3,1 ming kvadrat kilometrdan kattaroq qismlarga bölib çiqildi. Olimlar har bir qismdagi har oygi suvga ehtiyojni tahlil qildilar va u yerdagi suv zaxiralariga baho berdilar.






