Yangi Zelandiya sohillari yaqinida 14 fevralda 5,8 magnitudali ançagina sezilarli zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda AQŞ Geologik xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Zilzila öçoği 8 km çuqurlikda, markazi Kraystçerç şahridan 17 km uzoqlikda bölgan. Tabiiy fojia oqibatida jabrlanganlar va vayronagarçiliklar haqida ma'lum qilinmagan.

Zilzila yarim daqiqadan sal köproq davom etganiga qaramasdan, biroq bu serferlarning sevimli plyajlaridan biridagi qoyalarning qulaşiga yetarli böldi.

Mahalliy aholi vakillaridan birining aytişiça, u rafiqasi bilan odatdagidek itini sayr qildirib yurganda birdaniga ularning köz öngida sohildagi qoyalardan biri çöka boşlagan va suvga qulab tuşgan hamda özining ortidan havoga çang-tözon ustunini kötargan. Juftlik bu holatni videoga olib, uni Youtube’da joylaştirgan.

Yangi Zelandiya orqali Tinç okeani "olovli halqasi" – 40 ming kilometrlik vulqon va tektonik yoriqlar zanjiri ötadi. U Janubiy va Şimoliy Amerika sohillaridan Alyaska janubiga davom etib, keyin Yaponiya, Filippin va Indoneziya tomon buriladi hamda Yangi Gvineyada tugaydi hamda şu tariqa butun Tinç okeanini boğlab oladi. "Olovli halqa"da Yer şaridagi 90 foizga yaqin zilzilalar yuz beradi, çunki unda sayyoramizning köpçilik eng faol vulqonlari joylaşgan.