Angliya çempionatining 26 turidagi markaziy bahslardan biri Londonda ötkazildi. Turnir peşqadamini qabul qilgan "Arsenal" öta qiyin keçgan uçraşuvda 3 oçko ola oldi.

Öyinning 45 daqiqasida hakam Martin Atkinson mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Bu vaziyatda mehmonlar hujumçisi Jyeymi Vardi "Arsenal" himoyaçi Naço Monrelga kelib urildi va maydonga quladi. Belgilangan jarima zarbasini hujumçining özi aniq amalga oşirdi.

Öyinning ikkinçi taymi esa "Arsenal" ustunligi ostida ötdi. 54 daqiqada mehmonlar himoyaçisi Simpson Jiruga işlatgan qöpolligi uçun maydondan çetlatildi va "tulkilar" öyinning qolgan qismida bir kişi kam bölib harakat qilişdi.

61 daqiqada "Arsenal" safida tayanç yarim himoyaçisi Frensis Koklen örniga hujumçi Teo Uolkott maydonga tuşdi. Tavakkalçilik bilan qilingan bu özgariş samarasini berdi va aynan Uolkott 70 daqiqada hisobni tenglaştirdi.

83 daqiqada Arsen Venger yana bir yarim himoyaçi Oksleyd-Çemberlen örniga uzoq vaqt jarohatini davolaş bilan band bölgan hujumçi Denni Uelbekni maydonga taşladi. Yakunda bu özgariş jamoaga ğalaba keltirdi. Öyinga qöşib berilgan beşinçi daqiqada Uelbek Özilning uzatgan pasini boşi bilan Kasper Şmeyxell darvozasiga yölladi.

Bu ğalabadan keyin "kanonirlar" turnir jadvalida 51 oçko bilan ikkinçi öringa kötarilgan. Birinçi örindagi "Lester" hisobidagi oçkolar soni 53taligiça qoldi. Kuçli törtlikdagi yana ikki jamoa "Tottenhem" (48 oçko) va "Mançester Siti" (47 oçko) örtasidagi bahs bir neça soatdan keyin boşlanadi.

"Arsenal" keyingi turda "Mançester Yunayted" maydoniga safar qiladi "Lester" esa "Norviç"ga qarşi öynaydi.

Angliya çempionati, 26-tur

Arsenal – Lester 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Vardi, 1:1 – 70 Uolkott, 2:1 – 90 Uelbek.
Arsenal – Çex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni (Çembers, 46), Koklen (Uolkott, 61), Remzi, Özil, Oksleyd-Çemberlen (Uelbek, 83), Sançes, Jiru.
Lester – Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Kante, Drinkuoter, Olbrayton (King, 83), Marez (Vasilevski, 58), Okazaki (Grey, 61), Vardi.
Ogohlantirişlar: Koklen (36), Koselni (44), Remzi (45), Simpson (49), Fuks (52), Kante (57), Vasilevski (90), Uelbek (90).
Çetlatiş: Simpson (54).