Isroilning sobiq boş vaziri Exud Olmert bugun, 15 fevral kunidan korrupsiya işi böyiça belgilangan jazoni ötaşni boşlaydi.
2014 yilda Tel-Aviv okrug sudi Olmertni 6 yillik qamoq va 1 mln şekel (290 ming dollar atrofida) miqdoridagi jarima jazosiga hukm qilgandi. U Quddus (Iyerusalim) meri lavozimini egallab turgan paytida Holyland turar-joy majmuasi quruvçilaridan 144 ming dollar, yana boşqa iş böyiça esa 17 ming dollar pora olganlikda ayblangandi.
Ötgan yilning dekabrida Isroil oliy sudi mamlakatning sobiq boş vaziri Exud Olmertga qarşi korrupsiya işlaridan biri böyiça 2014 yilda qabul qilingan hukmni qayta körib çiqdi.
Endi u Tel-Aviv şahri yaqinidagi «Maasiyagu» qamoğida 19 oy ötiradi.
U Holyland aholi turar-joy kompleksining qurilişini qöllab-quvvatlaş uçun pora olganlikda ayblangaç çiqarilgan sud hukmi qayta körib çiqilib, jazo (6 yillik qamoq) 18 oyga özgartirildi.
Keyinroq, ötgan haftada tergov davomida unga qarşi körsatma bermaslikni sörab kotibiyat boşliği Şul Zakenga pul taklif qilgani uçun esa unga 1 oy qamoq muddati qöşib berilgan.
Olmert 1993-2003 yillarda Quddus şahri meri vazifasida işlagan. Aynan öşa vaqtda uning Holyland turar joyi majmuasi qurilişiga ruxsat berişda pora olganligi aytilgan.
Olmert boş vazir lavozimida 2006 yil aprelidan 2008 yil sentabriga qadar faoliyat olib borgan, 2008 yilda öziga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgaç, Isroil boş vazirligidan muddatidan ilgari iste'fo bergandi.
U mamlakat tarixida majburan öz lavozimini tark etgan va keyin sudga tortilgan yagona boş vazir hisoblanadi.
Isroil sobiq boş vaziri Exud Olmertning qamoq muddati qisqartirildi






