15 fevralga ötar keçasi Moskvaning janubi-şarqidagi yotoqxonalardan birida Rossiyaning turli çekkalaridan kelgan işçilar va kelib çiqişi markaziy osiyolik bölgan mehnat muhojirlar guruhi örtasida janjal sodir bölgan. Bu haqda huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbalariga asoslangan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lum qilişiça, rossiyaliklar guruhi Staroobryadçeskiy köçasida joylaşgan yotoqxona oldidagi kafeda spirtli içimlik içişgan. Biroz ötib ular va şu yotoqxonada istiqomat qiluvçi özbekistonlik hamda tojikistonliklardan iborat guruh örtasida kelişmovçilik sodir bölgan. Bu kelişmovçilik ommaviy muştlaşuvga aylanib, janjal iştirokçilari bir-birlariga bolğalar va piçoqlar vositasida hujum qilişgan.

Uşbu töqnaşuv natijasida iştirokçilardan 2 nafari tan jarohatlari olişgan, 15 kişi qölga olingan.

Hodisa tafsilotlari tergov qilinmoqda.