Apple kompaniyasi özining texnik kömak körsatiş sahifasida iOS-qurilmalarda sananing 1970 yil may yoki undan ham ertaroq sanaga özgarib qolişi nosozlikka olib kelişini rasman tan oldi.

Kompaniya bergan xabarda, şuningdek, muammo kelgusi yangilanmada tuzatilişi aytildi. Agar qurilma bu muammo sabab şikastlangan bölsa, Apple özining texnik kömak körsatiş xizmatiga murojaat qilişni tavsiya qilmoqda.

Qurilmani nosoz holatga keltiruvçi muammo internetda 11 fevraldan faol gapirila boşlandi. Bu xato aniqlangandan keyin foydalanuvçilar nosozlikni qurilmaning maxfiy funksiyalariga kiriş uçun kalit deb öylaşgan. Şu tariqa, ba'zi işonuvçan foydalanuvçilar özlari qurilmani nosoz holatga keltirişgan, smartfonni uy şaroitida işçi holatga keltirişning esa deyarli heç qanday iloji bölmagan.