AQŞ Halab atrofi va içi böyiça aviazarbalar berilişi, jumladan "Çegara bilmas şifokorlar" taşkiloti şifoxonasi va Suriya şimolidagi bolalar şifoxonasining öqqa tutilişini qoraladi va barça tomonlarni öt oçişni töxtatişga çaqirdi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining bayonotida aytilmoqda.
"Bu Rossiyaning tayyorligini va uning Asad tuzumining öz xalqiga nisbatan zulmini töxtatişga yordam beriş imkoniyatini şubha ostiga qöyadi", deyilmoqda xabarda.
AQŞ Davlat departamenti vakili Jon Kirbi "hujumlarni Asad va uning tarafdorlari heç qanday maqsadsiz va xalqaro majburiyatlarni hisobga olmagan holda amalga oşirmoqda" deb aytdi. Bunday harakatlar Myunxen kelişuvlariga qarşi bormoqda, deb aytdi Kirbi.
"Biz yana bir bor barça tomonlarni fuqarolarga hujum qilişni töxtatişga, insonparvarlik kömagini olişni ta'minlaş böyiça zudlik bilan çoralar körişga va jangovor harakatlarni töxtatişga çaqiramiz, Suriya bunga juda muhtoj", deb aytilmoqda bayonotda.
"Çegara bilmas şifokorlar" taşkiloti kömak körsatadigan şifoxonaning öqqa tutilişi oqibatida 7 kişi halok böldi. Suriyaning Rossiyadagi elçisi Riyod Haddod "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida şifoxonaga zarbalar AQŞ samolyotlari tomonidan berilganini aytdi.
Rossiya Suriyada faqatgina tinç aholi bölmagan obektlarga zarba berişini ta'kidlab kelmoqda.






