Braziliyalik hujumçi Neymar «Barselona» bilan yangi şartnoma imzolaş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Sport.es naşri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga köra, futbolçi bir neça oy içida yangi şartnomaga qöl qöyadi. Tomonlar nihoyat ikkala tarafni ham qoniqtiradigan kelişuvga erişişgan.

Qayd qilinişiça, «Barsa» oldingi taklfini sezilarli ravişda yaxşilagan. Yangi şartnomaga köra Neymarning oyligi Lionel Messidan keyin jamoadagi eng köp miqdorni taşkil qiladi. Hozirda hujumçi bu borada «blaugrana»larning yettinçi futbolçisi sanaladi.

Bundan taşqari, kataloniyaliklar yangi şartnomani futbolçi bilan soliq idoralari örtasidagi muammo kelib çiqmaydigan, qonun buziliş holatlari uçramaydigan qilib işlab çiqişgan.