Özbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari mahalliy xomaşyo asosida kamqonlik kasalligini davolovçi eritim preparatini yaratdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Hayvonlarning bezidan olingan uşbu şifo vositasi organizmda temir moddasi yetişmovçiligida yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi va uni tibbiyot amaliyotiga qöllaşga ruxsat etildi.
«Eritim analoglariga köra bir neça barobar samarador jihatlari bilan ajralib turadi. Uning asosida muolaja ötkazilganda kasallikni davolaş muddati bir neça barobar qisqardi va bemorning salomatligi tez tiklanişi ma'lum böldi», — deydi Özbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Abbosxon Törayev.
Keyingi yillarda institut olimlari yaratgan ön beşdan ziyod innovatsion işlanma tibbiyot, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga tatbiq etildi. Yana yigirmaga yaqin işlanma sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi.
Institut olimlari tomonidan ayni paytda davlat granti asosida qirqdan ziyod fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.






