Suriyada adovatda bölgan tomonlar örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça işçi guruh yaqin kunlarda Jyenevada öz işini boşlaydi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari, Yaqin Şarq va Afrika davlatlari böyiça prezidentning maxsus vakili Mixail Bogdanov ma'lum qildi.
Bogdanovning aytişiça, Moskva va Vaşington işçi guruhning iş boşlaşi sanasini hozirça kelişib olmadilar.
"Biz hozir amerikalik hamkorlarimiz bilan guruh işining muddatlari va formatini kelişiş böyiça aloqalar örnatmoqdamiz", dedi Bogdanov va guruh öz işini yaqin kunlarda boşlaşi kerakligini qöşimça qildi.
Avvalroq Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer Suriyada öt oçişning töliq töxtatilişi köp jihatdan Rossiya va AQŞning özaro kelişuviga boğliq bölişini aytgandi.
12 fevralda Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiyada tomonlar Suriyada bir hafta içida öt oçişni töxtatişga kelişib olgandilar.






