Toşkent şahridagi jamoat transportlarini routerlar bilan jihozlaş böyiça loyiha mualliflari — Evo hamda "Toşşahartransxizmat” kompaniyalari rahbarlari dastlabki sinov bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlangani sabab, ikkinçi sinov bosqiçi davomida routerlar avtobuslardan olib taşlanişi haqida xabar qilişdi. Bu haqda Evo operatori rasmiy saytida ta'kidlangan.
"Sinovning ikkinçi bosqiçida avtobuslarda bepul internet — Wi-Fi işlamaydi", deyiladi xabarda.
Bepul Wi-Figa ega ilk avtobuslar Toşkentda fevral oyi boşida paydo bölgan edi. Mutaxassislar sinovning dastlabki bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ta'kidlaşmoqda.
Sinovning yakuniy bosqiçi mart oyi oxirigaça ötkazilişi kutilmoqda.
2016 yil yakuniga qadar Toşkentdagi barça avtobuslar routerlar bilan jihozlanişi kutilmoqda. Internet 4G LTE texnologiyasi yordamida ulaşilmoqda. Yölovçilarning fikrlariga köra, Wi-Fi tezligi şikoyatga örin qoldirmaydi. Tarmoqqa ulaniş uçun parol söralmaydi.
Toşkent avtobuslarida yölga qöyilgan Wi-Fi internet tezligi mobil operatorlarnikidan qolişmayapti






