16 fevral kunining birinçi yarmida Rossiyaning Yaroslavl şahrida köp qavatli uyda yuz bergan portlaş natijasida qurbon bölganlar soni 7 nafarga yetgan. Bu haqda Rossiya FVV hududiy markazi ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.
"Xarobalar ostidan yana bir ayolning jasadi çiqarib olindi. Endilikda qurbonlar soni 7 nafarni taşkil qilmoqda", deyiladi xabarda.
Manbaning ma'lum qilişiça, qurbonlarning 2 nafari bolalar.
Bundan oldingi xabarlarda bu hodisa tufayli 4 kişi halok bölgani aytilgandi.
Bu portlaş gaz uskunasidagi nosozlik tufayli röy bergan. Portlaş tufayli 25ta kvartira jiddiy zararlangan.






