British Airways aviakompaniyasi parvoz vaqtida yölovçilardan yonğoq, jumladan, yoryonğoq iste'mol qilişdan voz keçişni iltimos qiladi. Bu haqda Metro naşri xabar bermoqda.

Yölovçilarga samolyot bortiga yonğoq olib çiqişga ruxsat beriladi, biroq aviataşuvçi parvoz vaqtida yölovçilarga yoryonğoq taklif qilmaydi yoki sotmaydi hamda allergiyasi bor yölovçilardan bundan samolyotdagi xodimlarni xabardor qiliş söraladi.

Kompaniya matbuot kotibining aytişiça, ayni vaqtda kompaniya öz siyosatini yangilamoqda. Unda qöşimça çora sifatida yölovçilardan yonğoqli mahsulotlarni iste'mol qilişdan tiyiliş söraladi. Yangi qoida 18 fevraldan kuçga kirişi kutilmoqda.

British Airways‘ning bu qarori oziq-ovqat allergiyasidan aziyat çekuvçilar uçun katta ğalaba deb ataldi.