Fransiya parlamenti deputatlari mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga, ya'ni 26 maygaça uzaytirişni qöllab-quvvatlab ovoz berişdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Ma'lum qilinişiça, bu qonunning qabul qilinişi uçun 212 deputat ovoz berdi, 31 deputat qarşi çiqdi, qolganlar bataraf qolişdi. Ötgan yilning noyabrida favqulodda çoralar tarafdorlari köproq bölgandi, ya'ni öşanda bu çoraning kiritilişiga 551 deputat ovoz bergandi, 6 nafari qarşi çiqqandi.
Ötgan haftada favqulodda vaziyat tartibini uzaytiriş qonun loyihasini Fransiya senati ham qöllab-quvvatlagandi va hozirda mamlakatdagi "terrorçilik xavfi boşqa istalgan vaqtdagidan yuqoriroq" ekanligini ta'kidlagan.






