Rossiya Interpol Boş kotibiyatiga, YuKOSning sobiq boşliği Mixail Xodorkovskiyni, xalqaro qidiruvga beriş böyiça murojaatni inkor qilgani sabab şikoyat bilan çiqmoqçi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar bergan.

"Negaki inkor qiliş böyiça qaror, maxsus qoidalar buzilib qabul qilingan bölib, jarayonda qidiruvga bergan tomonning siyosiy sabablari bor-yöqligini aniqlovçi maxsus mustaqil hay'ati çetlab ötilgan. Rossiya yaqin kunlarda Interpol boşqarmasiga tegişli şikoyat bilan çiqadi" - deyiladi manbada.

Uning gaplariga köra, Moskva YuKOSning sobiq boşliğini qidiruvga beriş böyiça işni qatiy tartibda körib çiqişlarini talab qiladi.

Bundan oldinroq, Rossiya Boş prokurori Yuriy Çayka, Boş prokuratura Mixail Xodorkovskiyni Interpol böyiça xalqaro qidiruvga berilişiga erişmoqçi ekanini ma'lum qilgandi.