AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarda iştirok etişini Suriya prezidenti Başar Asad tuzumi zaifligining alomati hisoblanişini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Obama Kaliforniyada bölib ötgan ASeAN sammitidan keyin Suriya armiyasining yönalişini öyinçi ot poygasida biror otga pul tikkanda öşa ot yutqazayotgan vaziyatga öxşaş, deb qayd qildi.
Obama Asad va Putinda "ma'lum muvaffaqiyatlar" borligini, biroq Suriyaning törtdan uç qismi hali ham ular nazoratida emasligini qöşimça qildi.
Bundan taşqari, "Moskva butkul vayron bölgan davlatni öziga ittifoqçi sifatida olib qanday maqsadni közlamoqda", degan savol qöydi.






