17 fevral kuni futzal böyiça Osiyo çempionatining çorak finali uçraşuvlaridan birinçisi mezbon jamoa bölmiş Özbekiston termasi hamda Iroq terma jamoalari örtasida ötkazildi.
Öyinda 3:0 hisobida Özbekiston vakillari ğalaba qilişdi va yarim finalga çiqişdi.
Öyindagi gollarga Dilşod Rahmatov (18 va 39-daqiqalarda) hamda Nodir Eliboyev (31-daqiqada) mualliflik qilişdi.
Bu ğalaba jamoaga yarim finalga çiqişdan taşqari Kolimbiyada ötadigan Jahon çempionatiga yöllanma taqdim etdi. Şu tariqda özbekistonliklar futzal böyiça jahon çempionatida öz tarixida ilk marta iştirok etadi. Kolumbiyadagi jahon çempionati 2016 yilning 10 sentabridan 1 oktabrigaça bölib ötadi.
Jamoani turnirda 19 fevral kuni Tailand termasiga qarşi ötkaziladigan yarim final öyini turibdi. Tailandliklar çorak finalda Avstraliyani 6:1 hisobida mağlub etişdi.
Futzal, Osiyo çempionati
Çorak final
Özbekiston - Iroq - 3:0
Gollar: Dilşod Rahmatov (18, 39), Nodir Eliboyev (31)
Özbekiston: Rustam Umarov, Dilşod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilşod Irsaliyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Davron Çoriyev, Javlon Anorov, Andrey Şlema, Jamoliddin Şaripov, Akmaljon Xazratqulov, Klim Tyugayev
Iroq: Muhammad Nur, Xussayn Ali Muhammad, Xasan Al Jabbor, Rafid Hamid, Volid Xolid
Zaxira: Mustafo Baçay, Firas Muhammad, Abulfadhel Abbos, Salim Faysal, Mohir Fadxil, Amjad Karim, Umar Sabti, Saif Abdulmalik.






