Nima böldi?

Toşkent şahrida 15 fevraldan litsenziyasiz taksiçilar faoliyatiga çek qöyiş maqsadida Içki işlar boşqarmasi, Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi, Davlat soliq qömitasi va «Toşşahartransxizmat» xodimlaridan iborat 47 guruh reydlar ötkazişni boşladi.

Lisenziyasiz taksiçilarni tutib olişsa, nima böladi?

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq, yölovçi taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullanayotganlar eng kam iş haqining 20 dan 100 baravarigaça (16 fevral holatiga köra, 2,6 million sömdan 13 million sömgaça), yuridik şaxslar esa 50 baravaridan 150 baravarigaça (16 fevral holatiga köra, 6,51 million sömdan 19,53 million sömgaça) miqdorda jarimaga tortiladi. Agar bu holat takrorlansa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi böyiça eng kam iş haqining 25 baravaridan 75 baravarigaça (16 fevral holatiga köra, 3,25 million sömdan 9,76 million sömgaça) miqdorda jarima yoki 5 yilgaça muayyan huquq (masalan, haydovçilik guvohnomasi)dan mahrum qiliş yoxud 3 yilgaça muddatga axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Lisenziya kimlarga beriladi?

Şaharda va şahar atrofida yuk taşiydigan taksi faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan, masalan, «Gazel» yuk maşinasi bor kişi Toşkent şahar hokimligining Yölovçilar taşiş transportining barça turlari harakatini litsenziyalaş va muvofiqlaştiriş departamentiga pasport, haydovçilik guvohnomasi va yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma nusxasi bilan borib, yuk kötariş quvvatiga qarab 50 dollardan 100 dollargaça bölgan bojni (Markaziy bankning tölov kunidagi kursi böyiça, albatta) tölasa böldi — beş yil amal qiladigan litsenziya tayyor. Biroq bu, yana qayd etamiz, yuk taşiydigan taksi uçun.

Öz Matiz’i yoki Nexia’sida yölovçi taşimoqçi bölganlarning işi biroz murakkab. Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligidan «Daryo»ga ma'lum qilişlariça, yölovçi taşişga möljallangan yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan haydovçi birorta taksi korxonasi (yuridik şaxs)ga murojaat qilib, öz avtomobilini şartnoma asosida (notarius orqali) şu korxonaga ijaraga berişi kerak. Şundan söng avtomobil taksilar uçun xos yagona taniş belgilari bilan töliq jihozlanadi.

Yönalişsiz taksining yagona taniş belgilari nima?

Özbekiston hukumatining «Yönalişsiz taksilar faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, yagona taniş belgilari ikkiga — taşqi va içki ma'lumot beruvçilarga bölinadi. Taşqi ma'lumot beruvçi belgilar quyidagilarni öz içiga oladi:

  • maşinaning tepasiga örnatilgan töq sariq rangli fonarga TAXI taniş belgisini örnatiş;
  • şaxmat tartibida joylaştirilgan qora kvadratlardan iborat bölgan kompozitsiya va maşinaning oldingi eşiklaridagi «T» harflari;
  • maşinaning oldingi eşiklaridagi taksi korxonasi (yuridik şaxs)ning nomi;
  • yönalişsiz taksilar uçun möljallangan maxsus seriyadagi davlat raqami belgisi;
  • faqat Toşkent şahri uçun — maşinaning «fil suyagi» rangiga böyalişi (boşqa barça joyda avtomobil sariq rangga böyaladi).

Içki ma'lumot belgilariga esa quyidagilar kiradi:

  • old oynaning yuqoridagi öng burçagiga joylaştirilgan yaşil rangli çiroq;
  • maşinaning davlat raqami belgisi, haydovçining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, iş vaqtining boşlanişi va tugaşi, yölkira qiymati (sömda), taksi korxonasining manzili va telefon raqami, litsenziya kartoçkasining raqami va amal qiliş muddati töğrisidagi ma'lumotlar, şuningdek, majburiy suğurta qilinganlik haqidagi ma'lumot körsatilgan ma'lumotlar tabliçkasi;
  • hisoblagiç (taksometr);
  • belgilangan tartibda sotib olinadigan va foydalaniladigan radioaloqa vositasi.

Lisenziya uçun neça pul tölanişi kerak?

Taksi korxonasi beş yil muddatga litsenziya oladi (atigi bitta eng kam iş haqi miqdorida pul tölab). Lekin özi ijaraga olgan (yoki ijaraga bergan) har bir avtomobil uçun bir yilga — agar maşinadagi örinlar soni törttagaça bölsa — 75 AQŞ dollari, agar tört örindan köp bölsa — 125 dollardan boj tölaydi (Markaziy bankning tölov kunidagi kursi böyiça). Vazirlar Mahkamasining «Avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyatini litsenziyalaş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga köra, taksi korxonasidagi bitta avtomobil — bitta litsenziya kartoçkasi, degani.

Lisenziya kartoçkasi?! U nima?

Lisenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartoçkasi beriladi — taksi korxonasining har bir avtomobilida litsenziya kartoçkasi bölişi şart. Haydovçining litsenziya kartoçkasi bilan ta'minlanmagan avtomobildan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi.

Lisenziya va litsenziya kartoçkasi neça kunda beriladi?

Taksi korxonasiga litsenziya beriş haqidagi qaror Toşkent şahar hokimligining Yölovçilar taşiş transportining barça turlari harakatini litsenziyalaş va muvofiqlaştiriş departamenti tomonidan, ariza berilganidan keyingi 15 kun içida qabul qilinişi kerak. Qaror qabul qilinganidan keyin 3 kun içida taksi korxonasi xabardor qilinadi. Agar hammasi köngildagidek bölsa, navbatdagi uç oy içida litsenziya şartnomasi imzolanadi, taksi korxonasiga litsenziya hamda litsenziya kartoçkalari taqdim etiladi (litsenziya olgunça bölgan munosabatlar sxemasini bu yerda tomoşa qiliş mumkin). Agar taksi korxonasi yangi maşinalarni sotib olsa yoki ijaraga olsa, yana 75 (yoki 125) dollar tölab (esdan çiqmasin, Markaziy bankning tölov kunidagi kursi böyiça), qöşimça litsenziya kartoçkasini oladi.

Manba: Daryo.uz