Kembrij gersoginyasi Ketrin Middlton hamda AQŞning birinçi xonimi Mişel Obama The Huffington Post UK naşriga ruhiy salomatlik haqida maqola yozişdi. Ketrin mazkur onlayn-naşrning mehmon muharriri bölib faoliyat olib borayotgani xabar qilingan edi. Şu tariqa şahzoda Uilyamning rafiqasi asosiy e'tiborni bolalarning ruhiy salomatligi masalalariga qaratiş niyatida.
Gertsoginya öz maqolasida Young Minds Matter (Yoş onglarning ahamiyati) taşabbusi haqida sözlab ötgan. Uning fikriça, köplab bolalar, ayniqsa, yordam söraş uçun özida ruhiy tetiklik va qat'iyatlilikni şakllantirmagan, tili çiqmagan 5 yoşdan kiçik bölgan bolalar qiyin muammolarga duç keladilar.
Ruhiy salomatlik masalasi avvalgidek öz dolzarbligini yöqotmagan. Şuningdek, öz farzandlariga yordam berişdan qörquvçi kattalar ham kam emas. “Endi bunga çek qöyiş vaqti keldi. Agar farzandlarimiz biron bir kömakka muhtoj bölişsa, köplab ota-onalar kabi biz ham Uilyam bilan öylanib ötirmasdan yordam berişga kirişardik”, - deydi gersoginya.
AQŞ prezidentining rafiqasi esa öz maqolasida Ketrinni The Huffington Post UK dagi maqolasi orqali bolalardagi ruhiy salomatlik muammolariga e'tibor qaratayotganini maqtab ötgan. Bundan taşqari, u 40 millionga yaqin amerikaliklar ruhiy notinçlik taşxisidan aziyat çekayotganini ta'kidlagan.






