Madridning markaziy maydonida "Siyosiy bema'nilik teatri" AQŞ prezidenti Barak Obama tanqid qilingan hajviy spektakl qöydi. Spektaklning nomi" Yevropada kim hukmronlik qiladi" deb nomlangan.

RIA “Novosti” axborot agentligining xabar berişiça, spektaklning boş qahramonlari Vladimir Putin, Pyotr Poroşenko, Angela Merkel va Barak Obama böldilar. Spektaklda Obamaning faoliyati keskin tanqid qilingan.
Spektakl oxirida Obama niqobidagi aktyor " butun dunyo böylab özining politsiya tartibini örnatiş, barça prezidentlarga kimni yaxşi köriş va qabul qiliş, kim bilan döstlaşiş, kim bilan savdolaşiş, qayerda uruş qiliş, qaçon sanksiyalarni qöllaş, qaçon uxlaş kerakligini aytiş uçun şoşayotganini" aytadi. Bunga javoban Merkel niqobidagi aktyor "endi kim bilan döstlaşiş kerakligini" tuşunganini hamda Putin niqobida va Pyotr kamzulida bölgan aktyorga qarab, "biz yaqinda Germaniya va Rossiya örtasidagi barça sanksiyalarni bekor qilamiz", deb aytadi.

"Biz siyosiy satirani AQŞ prezidenti siyosati odamlar hayotiga qanday ta'sir qilişini körsatiş uçun tanladik. Bizning fikrimizça, bugun Yevropada faqat birgina odam – Obama hukmronlik qilmoqda. AQŞ prezidentlari butun tarix davomida öz xalqi manfaati uçun işlagan. Boşqa xalqlarning köz yoşlari, qoni va ölimi ularning vijdoni zimmasida", deb aytdi teatr rahbari Serj Marks.

Spektalni qöyiş taşabbusi bilan "Tinç odamlarning global huquqlari" xalqaro platformasi ispan qömitasi çiqdi va uni bu yili 15 fevralda nişonlangan AQŞ prezidenti kuniga belgilab namoyiş qildi.