Standard & Poor's (S&P) xalqaro reyting agentligi asosiy neft qazib oluvçi mamlakatlarning moliyaviy tizimlari neft narxi tuşişining negativ ta'sir etganligi tufayli reytinglarini tuşirdi.

Agentlikning oxirgi tahliliga köra, bu yil Brent neftining barreli 40 dollar, 2017 yilga kelib esa 50 dollarni taşkil qiladi. Avvalroq, ötgan yilning kuzida, S&P`ning tahlilçilari Brent neftining 2016 yildagi narxi 55 dollarni taşkil etadi deb taxmin qilişgan va 2018 yilga borib esa uning narxi 70 dollarga ösişi aytilgan edi.

Saudiya Arabistonining reytingi ikki poğonaga tuşirilgan – ya'ni “A-”ga, Ummonniki esa “VVV-” ga, Bahraynniki “VV”ga.

Qozoğistonning xorijiy va milliy valyutalari böyiça majburiyatlari reytingi, investitsiyalar darajasining eng oxirgi poğonasiga, “VVV” dan “VVV-” ga tuşurilgan.

S&P agentligi Rossiyaning uzoq muddatli xorijiy valyutalari böyiça majburiyatlari reytingini “VV+” bosqiçida baholab, “negativ” prognoz bilan saqlab qoldi.

Har xil sabablar tufayli iqtisodi yomonlaşayotgan Braziliyaning reytingi esa “VV” dan “VV+” ga tuşirildi.

Agentlikning fikriga köra, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela örtasidagi neftni qazib olişning yanvardagi darajasida töxtalişi töğrisidagi 15 fevralda tuzilgan kelişuvi neft narxining prognoziga yetarliça ta'sir körsatmaydi.