Domodedovo aeroporti egasi Dmitriy Kamenşçik 2011 yilda aeroportda uyuştirilgan terakt işi böyiça hibsga olindi. Unga "Ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan köproq odamning ölimiga olib kelgan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan işni bajariş yoki xizmatni taqdim qiliş" moddasi böyiça ayblov qöyildi. Kamenşçik hibsga olinişidan avval uni bu iş böyiça javobgarlikka tortişdari mumkinligini aytgan.

9 fevralda sud Domodedovo aeroportining sobiq direktori Vyaçeslav Nekrasov va aeroportning aviatsiya xavfsizligiga javob bergan "Domodedovo erport avieyşen sekyuriti" kompaniyasining sobiq ijroçi direktori Andrey Danilovni hibsga olgandi. Bundan taşqari, aeroportni boşqaruvçi Airport Management Company Limited’ning Rossiyadagi vakolotxonasining sobiq rahbari Svetlana Trişina ham hibsga olingan.

Jinoiy işning barça figurantlari aeroportda tegişli xavfsizlik darajasini ta'minlay olmaganlikda gumon qilinmoqdalar. Buning oqibatida terrorçi-xudkuş Magomed Yevloyev aeroport içiga kira olgan.

Domodedovodagi terakt 2011 yilda sodir etilgan. Xudkuşning özini portlatişi oqibatida 37 kişi halok bölgandi, 170 kişi jarohatlangandi.

Dmitriy Kamenşçik Forbes jurnali böyiça Rossiyaning eng badavlat odamlari orasida 27-örinni egallaydi.