Saudiya Arabistoni neft narxini oşiriş maqsadida uni qazib oliş darajasini kamaytirişni rad etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi. U Saudiya Arabistoni neft qazib oliş darajasini joriy darajada muzlatib qöyişga rozi bölganini, biroq uning hajmini kamaytirmoqçi emasligini aytdi.
"Neft narxi bozordagi taklif va talab bilan belgilanadi. Saudiya Arabistoni bozorning öz uluşini himoyalamoqçi", deb aytdi vazir.
16 fevralda Saudiya Arabistoni va Rossiya neft qazib oliş darajasini 2016 yil yanvaridagi darajada muzlatib qöyişga kelişib olgandi. Rossiya energetika vaziri kelişuv agar unga qolgan neft qazib oluvçi davlatlar köşilsagina amal qilişini aytgan. Bu taşabbusni Venesuela, Qatar va Kuvayt qöllab-quvvatladi. Eron esa bozor va neft narxini barqarorlaştirişga qaratilgan çoralarni qöllab-quvvatlaşini aytgan, biroq öz zimmasiga aniq majburiyatlarni olmagan.
18 fevralda Londondagi savdolarda Brent markasidagi neft 34 dollardan sotilgan. Neft narxi 2015 yil oxiri-2016 yil boşida keskin arzonlaşib ketgandi.






