Şakarni muntazam va xaddan ziyod iste'mol qiliş inson miyasiga doimiy stressdek salbiy ta'sir körsatadi. Hindistondagi Milliy institut va Yangi Janubiy Uelss (Avstraliya) universitetining olimlari mazkur xulosaga kelişdi. Bu haqida National Geographic xabar berdi.

Ular öz tadqiqotlari mobaynida yoşlikda olingan kuçli stress kelgusida ruhiy kasalliklar xavfini oşirişi töğrisidagi avvaldan ma'lum bölgan haqiqatni tekşiruvdan ötkazişdi. Bu holat stress natijasida miyaning ayrim qatlami faoliyati özgarib, işdan çiqişiga olib keladi. Şundan kelib çiqib, olimlar köp şirinliklar yeyiş odati miyaning rivojlanişiga qay darajada ta'sir körsatişini örganişga qaror qilişdi.

Laboratoriyada yangi tuğilgan kalamuşlar bilan tajriba ötkazildi. Hayvonlar ikki guruhga, har bir guruh yana ikkitadan guruhga bölindi. Birinçi guruh ön kun davomida stress ta'siri ostida katta böldi, ikkinçi guruhni esa bu vaqt mobaynida heç narsa bezovta qilmadi. Ikkala holatda ham, jonivorlarning yarmi şakar bilan boqildi. Qolgan qismi esa çegaralangan miqdorda iste'mol qildi.

15 haftadan söng tajriba şuni körsatdiki, stressga tuşmagan, lekin şakar bilan oziqlangan kalamuşlarda ham xuddi yoşligida oğir kunlarni boşdan ötkazgandek stress holati kuzatildi. Eng yomon körsatkiçni “stress+şakar” guruhidagi kalamuşlar qayd etdi. Odatiy şaroit va parhezda ösgan jonivorlar esa boşqalariga nisbatan ança soğlomroq deb topildi.

Miya özgarişi natijasida olimlar kortizol – “stress garmoni” otilib çiqişini tadqiq qilişdi. Uning yuqori darajaga kötarilişi oqibatida, xotira va fikrlaş vazifalari işdan çiqmaguniça, asab hujayralari köproq nobud böladi.

Olimlar ötkazilgan tajriba orqali barça ota-onalarga quyidagi foydali maslahat berişadi: farzandlaringiz ovqatlaniş tarziga jiddiy e'tibor bering, aks holda, şakarning köp miqdordagi iste'moli miyaning kelgusidagi faoliyatiga ta'sir körsatadi.