Özbek san'atining zabardast vakili, Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayevning farzandi Zohirşoh Jörayev özbek estrada olamida öz örnini topişga intilayotgan yoş xonandalardan biri. Akasi Şohjahon Jörayevdek taniqli va faol bölmasa-da, u otasiga munosib böliş yölida astoydil harakat qilayapti.
Zohirşoh Jörayev “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida özbek şou-biznes olami haqidagi savolga “Menimça, bizda şou-biznes degan olamning özi yöq. Dunyo darajasidagi şou-biznesga yetişimizga ança bor. Orada fonogramma, klip olişdagi kamçiliklar kabi xatolarimiz ham bisyor. Son köp, sifat yöq”, deb javob berdi.
Şuningdek, suhbat davomida san'atkorlar orasida tanişlari bor ekani, biroq yaqin dösti yöqligini aytib, barçaning ijodini kuzatib borişini ta'kidladi.
Qöşiqçi ijodidagi bir muddatlik tanaffus haqida ham gapirdi: “Kunlar böldi, san'atdan könglim sovidi. Özimni köp narsadan çekladim. San'atdan, oşa-oğayni, tanişlardan, turli “ötiriş”lardan özimni çekladim. Hammamiz ham ğirromlikdan “suğurtalanmaganmiz”, adolatni ba'zan topa olmaymiz. Bu—hayot, könikib, töğri xulosa çiqarişdan boşqa çoramiz yöq. Bu haqiqatlar meni köp öyga toldirdi. Allomalar sözlari mağzini çaqdim. Demak, biz kuraşib yaşaşimiz, nima bölsa-da, öz maqsadimizga erişişimiz kerak ekan...”






