Migratsiya işlari böyiça Britaniya sudi 92 yoşli Mirtl Kotillni mamlakatdan deportatsiya qilişga qaror qabul qildi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar qilgan.

U JARdan Qirollik fuqarosi bölgan qizinikida qoliş maqsadida kelgan edi.

Sud yoşi uluğ bu ayolni qöllab-quvvatlaş maqsadida yozilgan 55 ming imzoli onlayn-petitsiyaga  ham e'tibor qilmadi.

Ma'lum bölişiça, 2014 yilda beva qolgan ayol JARda unga yordam beruvçi heç bir yaqini qolmaganligi sababli Pul (Dorset grafligi) şahrida yaşovçi 66 yoşli Meri Uillsnikiga keladi. Uills esa onasining Buyuk Britaniyada yaşaş huquqini oliş uçun harakat qiladi.

Sud qarori böyiça, bir közi köriş qobiliyatidan ayrilgan va yurak xastaligiga çalingan keksa ayol mamlakatni kelgusi haftada (aniq muddat kiritilmagan) tark etişi kerak. Unga ming funt miqdorida yöl haqi ajratiladi. Migratsiya xizmati ayolga JARga yetib borgaç, yordam uçun Qizil Xoç jamiyatiga murojaat etişini maslahat bergan.

Kotill xonimning advokati Uills va uning turmuş örtoği ham JARga bora olmasligini ta'kidlab ötdi. Çunki ular JARda yaşaş huquqiga ega emaslar. Şuningdek, uning sözlariga köra, keksa ayol davlatdan 300 funt maiqdorida nafaqa olayotgani sabab, JARning xayriya taşkilotlariga ham murojaat eta olmaydi. Kotill moddiy qaramlikka muhtoj bölsa-da, öz qizi yonida qoliş uçun davlatdan heç qanday tölov talab qilmadi.

“Men ketişni istamayman, u yerda mening heç kimim yöq, yölga çiqişga esa kuçim yöq. Men juda ham xafaman. Keksayib qolganman, umrim sönggi qismini qizim yonida ötkazişni istayman”, deydi Kotill xonim.

Uilss uzoq yöl onasining hayotiga xavf solişidan xavotirda ekanini bildirib ötgan.

“Deportatsiya qarori heç bir insoniy qadriyatlariga töğri kelmaydi”, deydi Kotillga migratsion işlari böyiça yordam bergan maslahatçi Jyeyms Deyvis.