Finlyandiyaning Hartwall zavodi bir soat davomida xatolik tufayli Pepsi Max logotipli bankalarga pivo quygan.
"18 fevral kuni Laxtida yaşovçi kişi mahalliy dökondan öğliga Pepsi Max gazlangan içimligini sotib olib bergan. 13 yoşli bolakay içimlikning ta'mi yoqimsiz ekanligidan şikoyat qilgan. Şundan keyingina zavodning xatosi ma'lum bölgan", deya xabar beradi YLE teleradiokompaniyasi.
Zavodga yana kamida 2ta şikoyat kelib tuşgan. Pepsi Max logotipli bankalar Karjala pivolari bilan bitta öramda ekani ba'zi sotuvçilarning şubhasiga sabab bölgan.







