Kolumbiya hukumati mamlakat poytaxti Bogotadagi La Modelo turmasi ostidagi kanalizatsiyada 100 nafar bölaklangan jasadning aniqlangani sababli tergov olib bormoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

"Ötgan yilning oxirida La Modelo turmasida noaniq sondagi odamlarning yöqolgani va bölaklangan bölişi mumkinligi böyiça tergovni boşlagandik", deb aytdi öta oğir jinoyatlar böyiça davlat ayblovçisi Katerina Xeyk Puyana.

Puyana qurbonlar orasida turmada saqlangan jinoyatçilar, turmaga taşrif buyurganlar va hattoki turma bilan heç qanday aloqasi bölmaganlar ham borligini ta'kidladi. Jasadlar bölaklari kanalizatsiya tizimining drenaj quvurlariga taşlab yuborilgan.

Hukumatning ma'lum qilişiça, bunday "topilmalar" nafaqat La Modelo turmasida, balki boşqa turmalarda ham aniqlangan.