"Mançester Yunayted" jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal jamoa yetakçilarining öziga nisbatan işonçidan mahrum bölgan.

The Guardian naşrining yozişiça, jamoaning bir qator yetakçi futbolçilariga murabbiyning taktikalari yoqmayapti.

Bundan taşqari, futbolçilar bundan oldin ham van Gaalning vaziyatni özgartira olişiga işonç bildirmasliklari haqida aytilgandi.

Xabarda ta'kidlanişiça, jamoaning rahbariyat qarorlariga ta'sir körsata olar darajadagi obröli futbolçilari van Gaalning ketişini va uning örniga Joze Mourinoning olib kelinişi ğoyasini qöllab-quvvatlaşmoqda.

"Mançester Yunayted" vitse-prezidenti Ed Vudvort esa van Gaalni işdan böşatib yuborişga ikkilanmoqda. Şu bilan birga Vudvord agar harakat qilinmasa, Mourinodan ham quruq qoliş mumkinligini aytgan.

Eslatib ötamiz, van Gaal ğalabalar miqdori böyiça keyingi 35 yil içida eng yomon natija körsatgan murabbiy sifatida jamoa tarixiga kirdi. "Qizil iblislar" YeÇLni guruh bosqiçidayoq tark etişdi, Yevropa ligasining 1/16 finali bosqiçida esa birinçi uçraşuvda Daniyaning "Midtyulland" jamoasiga yutqazib qöydi. Ayni vaqtda jamoa APLning 26 turidan keyin 41 oçko bilan 5-örinda joylaşgan.