Özbekiston Ukrainada işlab çiqarilgan mahsulotlarga qöşimça import yiğimini olişni muddatdan avval bekor qildi. Bu haqdagi qarorni 18 fevralda Vazirlar Mahkamasi çop etdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Yiğimlarning bekor qilinişi haqidagi qaror Ukraina tomonidan 2015 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Taşqi iqtisodiy faoliyatni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qonuni bilan şartlangan, unda 2016 yil 1 yanvardan Ukraina hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarga qöşimça import yiğimining bekor qilinişi közda tutilgan.
Ukraina tomonidan butun import uçun, qaysi davlat bölişidan qat'i nazar, 5-10 foiz miqdorida qöşimça import haqi yiğiş 2015 yilning 26 fevralida 12 oylik muddatga kiritilgandi.
Özbekistonning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida va Ukraina tomonidan xalqaro kelişuvlar böyiça qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmasligini hisobga olgan holda Özbekiston Respublikasining "Taşqi iqtisodiy faoliyat töğrisida"gi qonunining 23-moddasi va Bojxona kodeksining 10-moddasiga köra, 2015 yilning 20 iyunida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining "Ukrainada işlab çiqarilgan tovarlar importiga nisbatan javob çoralarini joriy etiş töğrisida"gi qarori qabul qilingandi. Bu qaror bilan 2015 yilning 1 iyulidan 12 oylik muddatga Ukrainada işlab çiqarilgan tovarlarni import qilişda qöşimça haq yiğişni joriy qiliş közda tutilgandi.






