Suriyadagi muxolifat kuçlari xalqaro koalitsiya samolyotlari yordamida IŞID jangarilarini mamlakat şimoli-şarqidagi Al-Şadadi şahridan surib çiqargan.
Suriyada muxolifat kuçlaridan biri hisoblanadigan Suriya demokratik armiyasi bu şaharda va uning atrofidagi qişloqlarda nazoratni qölgan olgan.
Al-Şadadi IŞID uçun muhim strategik nuqtalardan biri bölgani aytilgan. Jangarilar bu yerda logistik markaz taşkil qilişgandi.
Bu şahar orqali Iroqning Mösul va Suriyadagi Raqqa şaharlariga yordam kuçlari hamda qurol-yaroğ yetkazib berilgan.
Buyuk Britaniyadagi "Inson huquqlari böyiça Suriya markazi"da qayd etilişiça Al-Şadadi IŞID uçun jiddiy yöqotiş böldi.
Al-Şadadini oliş böyiça janglar joriy haftaning payşanba kunida boşlangan. Öşa kuni AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya şahar ustiga bomba yoğdirişni boşlagandi.
Huquq himoyaçilari ma'lumotlariga köra, bu zarbalarning bir qismi şaharda tinç aholi vakillari istiqomat qiladigan hududga töğri kelgan. Bu hujum tufayli tinç aholi vakillaridan kamida 15 kişi halok bölgan.






