«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa öz yetakçi futbolçilarini qay tariqa qölga kiritgani haqida aytib berdi.
«Biz Messi boşqa jamoaga yöl olsa, bu yerdagidan ança köp maoş olişi mumkinligini bilamiz. Bu gapni Neymar, Buskets, Pike yoki Suares bilan holda ham aytiş mumkin.
Aytişim kerakki, Neymarda bizning jamoaga kelişdan oldin boşqa jamoalardan juda jozibador takliflar bölgan. Suaresda ham.
Ammo ularning ikkisi ham «Barselona»ni tanlaşdi, çunki biz özimizga kerakli futbolçilarni qanday jalb qilişni bilamiz. «Barselona» bu oddiy klub emas.
Biz köp narsalar töğrisida qayğuramiz. Butun dunyodagi bolalarga ğamxörlik qiluvçi UNICEF va boşqa taşkilotlarning loyihalarida iştirok etamiz.
Bularning barçasi jamoada biz şunçaki oddiy klub emasligimizni körsatadi. Jamoadagi muhit ham şunga yaraşa böladi. Biz odatdagi futbol klublaridan afzalroqmiz», – deydi Bartomeu.






