Germaniya çempionatining 22 turi doirasida ötkazilgan «Bavariya» - «Darmştadt» (3:1) uçraşuvi vaqtida mahalliy jamoa muxlislari tribunaga katta banner osişdi.
«Alyants Arena» stadioni tribunalaridan birida öyin vaqtida quyidagi yozuvlar bitilgan banner osiğliq turdi: «Pep heç qaçon bizniki bölmagan va bölmaydi ham».

Sport1 naşri jurnalisti Kristian Ortleppning izoh beriça bu çempionatning birinçi davrasida «Darmştadt»ga qarşi ötgan safar öyini vaqtida mahalliy jamoaning banneriga javob böldi.
Öşanda «Darmştadt» muxlislari «Unser Weed ist besser als euer Pep» yozuvli (tarjimasi «Bizning naşa sizning Pepingizdan yaxşiroqdir») banner ilişgandi.
#FCBD98 Riesen-Verwirrung - @SPORT1 klärt auf: @FCBayern Fans reagierten auf @sv98 Plakat (siehe Foto) im Hinspiel pic.twitter.com/Kfen9neaDW
— Christian Ortlepp (@OrtivorOrt) 20 fevralya 2016
Ispaniyalik murabbiyning ismi qisqartmasi «Pep» - nemisça jargonda amfetamin moddasi nomi bilan bir xil.
Qayd etilişiça, javob bannerida ham myunxenlik muxlislar bu sözni aynan şu ma'noda qöllaşgan va bu banner orqali jamoani mavsum yakunida tark etib, «Mançester Siti» boşqaruviga boradigan Xosep Gvardiolaga nisbatan hurmatsizlik qilişmagan.






