Latviya iş beruvçilar konfederatsiyasi Özbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kiçik va örta biznes korxonalarida korporativ boşqaruvni takomillaştiriş dasturi doirasida hamkorlik qilişni boşladi, deb xabar bermoqda konfederatsiya matbuot xizmati.

Dastur Yevropa Ittifoqi mablağlari hisobiga amalga oşirilmoqda. 15 fevraldan 13 martgaça bir oy davomida Özbekistonning mebel işlab çiqariş sohasi vakili Farruh Usmonov Latviyadagi bir neçta mebel işlab çiqaruvçi korxonalarga ularning tajribasini örganib, Özbekistonda qöllaş uçun taşrif buyuradi.

Gap Latviyaning Riga şahridagi "Ripo", Livani şahridagi "Sencis", Ventspils ölkasidagi "Dzintarkalni" hamda boşqa bir qator zavodlariga taşrif haqida ketmoqda. Bundan taşqari, hamkorlikka dizayner va duradgorlikka öqituvçi Daugavpils quriliş texnikumi ham qöşildi.

Keyingi haftada Usmonovning "Lama", "Metalserviss" va "Dailrade Koks" korxonalariga taşrif buyurişi va maşğulot ötişi rejalaştirilgan.