Gretsiyaga kelayotgan qoçqinlar soni keskin köpayib ketdi, deb yozmoqda Kathimerini gazetasi.

Ta'kidlanişiça, 16-19 fevral kunlari Gretsiyaga 11 mingdan köproq qoçqin kelgan.

BMTning qoçqinlar işlari böyiça boşqarmasi ma'lumotlariga köra, 18 fevralda Gretsiyaga 4,6 mingga yaqin, 19 fevralda esa 4,8 mingga yaqin qoçqin kelgan. Şu bilan birga yil boşidan beri Gretsiyaga kuniga 1,74 mingga yaqin qoçqin kelmoqda.

2016 yilning fevralidan boşlab Gretsiyaga 27,5 mingdan köproq muhojir kelgan.

Avvalroq Gretsiya joriy yilda migratsiya inqirozi bilan kuraşiş uçun öz yalpi içki mahsulotining 0,3 foizga yaqinini yoki 600 mln yevro sarflaşi ma'lum qilingandi. Bolqon davlatlari bilan çegara yopilgani sababli köproq sondagi muhojirlar Gretsiyada qolişga qaror qilsa, bu miqdor yanada oşişi mumkin.