Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Toniy telefon suhbatida Suriyadagi krizisni me'yorlaştirişda yordam beriş uçun ikki tomonlama aloqalarini faollaştiriş töğrisida kelişib olişdi.

“Qatar amirining yaqinda Moskvaga qilgan taşrifi çoğidagi muzokaralarning davomi sifatida, rahbarlar Suriyadagi ahvolga doir dolzarb masalalarni muhokama qilişdi”, - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq, Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Toniy Rossiyani jahon barqarorligiga erişişda asosiy rolni öynaşini ma'lum qilgandi.

Putin bilan bölgan suhbatda amir Yaqin Şarq muammolariga yeçim topiş uçun Qatar Moskva bilan aloqalarini rivojlantiriş niyatida ekanini bildirgan.