Italiyaning «Roma» klubi boş murabbiyi Luçano Spalletti jamoa sardori Françesko Totti bilan boğliq holat böyiça öz fikrini bildirib ötdi.
«Keça Italiya çempionati öyinidan oldin Tottini tarkibga kiritmoqçi edim. Ammo şunday katta futbolçi bunday gaplarni aytişi bu ulkan bir tarix yaratadi.
U meni raketa bilan möljalga olib, sözlar orqali bir neça hujumlarni amalga oşirdi. Bunga qandaydir çora körilişi şart edi. Totti – çempion. Uning erişgan natijalarini hurmat qilaman. Ammo men butun boşli jamoani hurmat qilişim kerak. Boşqa holatlarda u matbuot orqali istagan gapini aytişi va bu jamoaga salbiy ta'sir qilişi mumkin edi», deydi Spalletti.
«Men Tottidan «Giggz bölişni [boş murabbiy yordamçisi] istaysanmi? Istasang, Nedved [klub direktori] bölişing mumkinmi?», deb söradim. Agar futbol öynaşni istasang hamma bilan teng jismoniy holatda bölişing kerak, deb unga tuşuntirdim. Men unga alohida bir muhim şaxs sifatida qaray olmayman.
Meni «Roma» rahbarlari çaqirişdi va vaziyatni tuzatişni söraşdi. Men jamoaning yaxşi natijalari uçun qayğurişim kerak.
Klub rahbarlari Françeskoga ğayirlik qilmayotganimni bilişadi. Mening uyimda futbolkalar uçun yasalgan stend bor va stenddagi 8ta futbolkada uning, Tottining ismi tuşirilgan. Bugun öğlim mendan nega Totti bilan urişib qolganimni, unga jahl qilganimni söradi. Men u bilan janjallaşmadim, şunçaki zimmamdagi vazifamni bajarişim kerak», deya Spallettining sözlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.






