2015 yil yakunlariga köra, Xitoy eksport va çakana internet savdosi hajmi böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. Bu haqda XXR tijorat vaziri Gao Xuçen ma'lum qildi, xabar beradi TASS.
“Ötgan yili taşqi savdoda asosiy e'tiborni barqarorlikka va yangi raqobatbardoş ustunliklar yaratişga qaratdik. 2015 yilda taşqi savdo olib boriş şaroitlari yaxşilandi, çet el bilan savdolaşiş modeli zamonaviylaştirildi, şuningdek, xizmat körsatişni rivojlantiriş ham rağbatlantirildi”, - qayd etdi vazir.
Uning sözlariga köra, ötgan yil Xitoyning internet-savdo körsatkiçi 31,6 foiz – 3,2 trillion yuan (490 milliard dollar)ga ösgan.
2015 yil yakuni hisoblariga köra, Xitoy taşqi savdo hajmi 24,59 trillion yuan (3,64 trillion dollar)ni taşkil etgan, bu 2014 yil körsatkiçlaridan 7 foizga kam. Ötgan yili eksport hajmi 1,8 foizga kamaygan va 14,14 trillion yuan (2,15 trillion dollar)ni taşkil qilgan bölsa, import 13,2 foizga pasayib,10,45 trillion yuan (1,59 trillion dollar)ni taşkil etgan.
Ötgan yili Xitoy jalb etilgan çet el sarmoyalari hajmi böyiça ham eng yuqori darajani körsatgan. Umuman, Xitoy bu röyxatda çet mamlakatlardan sarmoya olib kiriş böyiça 24 yil ketma ket birinçi örinni egallab kelyapti. Çet elga töğridan-töğri sarmoya tikiş böyiça esa 2015 yilda Xitoy uçinçi örinda turibdi.







