21 fevralda Suriyaning Damaşq va Xoms şaharlarida terrorçilar tomonidan uyuştirilgan teraktlar oqibatida 177 kişi halok böldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi.
IŞID jangarilari Damaşqning janubida joylaşgan, asosan şialar yaşaydigan Said-Zaynab şahridagi "As-Sadr" gospitali yonida minalaştirilgan avtomobilni portlatgan. Avtomobil portlatilgandan keyin olomon orasiga kirgan ikki xudkuş ham özini portlatgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, bu teraktda 120 kişi halok bölgan, yuzdan köproq odam jarohat olgan.
Bu teraktdan bir neça soat oldin Xomsning ğarbiy qismida jangarilar ikkita avtomobilni portlatgan. Teraktlar şaharning Az-Zaxra tumanidagi Sittin köçasining arman dahasiga kiraverişdagi qismida uyuştirilgan. Avtomobillardan biri mahalliy universitetga talabalarni taşiydigan mikroavtobuslar turargohi yonida portlatilgan. Bu teraktda 57 kişi halok bölgan, önlab odamlar yarador bölgan, ulardan köpçiligi oğir ahvolda.
Bu teraktlar 2011 yilda Suriyada ixtilof boşlangandan keyin sodir etilgan eng katta teraktlar böldi.






