2016 yilning 22 fevral kuni Riga şahrida Özbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi Taşqi işlar vazirliklari vakillari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning ön uçinçi raundi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.

Latviya delegatsiyasiga Taşqi işlar vazirligi davlat kotibi örinbosari, TIV siyosiy direktori Eduardas Stiprays boşçilik qildi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi, hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asosi tahlil qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda ta'kidlanganidek, Özbekiston-Latviya oliy darajadagi muntazam uçraşuvlari özaro manfaatli munosabatlarining negizi hisoblanadi hamda uşbu aloqalar tomonlarning birgalikdagi say'-harakatlari bilan yaratilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib jadal rivojlanib bormoqda.

Tomonlar bir-birlarini uzoq muddatli va işonçli hamkor deb hisoblaydilar.

Munosabatlar oçiqlik va manfaatlarni e'tirof etişga asoslanadi hamda siyosiy muloqot, parlamentlar va davlat idoralari örtasidagi aloqalar, özaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalari kabi yönalişlarni qamrab oladi.

Suhbat çoğida 2016 yilga möljallangan turli darajadagi bölajak uçraşuvlar jadvali böyiça takliflar ham körib çiqildi.

Özbekiston delegatsiyasi Latviya TIV davlat kotibi Andrey Pildegoviç bilan uçraşuv ötkazdi.