23 fevral kuni Toşkent şahrida №12 yönalişda harakatlanuvçi avtobusda yonğin kelib çiqdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari «Voditeli Taşkenta» guruhida xabar berişgan. Guruhga hodisa joyidan olingan videoni joylaştirilgan.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrining Farğona yöli köçasida Mercedes-Benz Low Floor rusumli №12 yönalişda harakatlanuvçi avtobusda yonğin yuzaga kelgan.
Xabar qilinişiça, barça yölovçilar şoşilinç ravişda avtobusni tark etişga ulgurişgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.
Yonğin sodir bölgan hudud yopib qöyilgan.
Ayni paytda hodisa sabablari örganilmoqda.






