Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov quvğin qurbonlarini xotirlaş kuni Iosif Stalin va Lavrentiy Beriyaga çeçen xalqini quvğin qilgani uçun lan'at aytdi. U bu haqda instagramdagi sahifasida yozdi.
Çeçenistonda 23 fevralda çeçen xalqini quvğin qiliş qurbonlari eslanadi. Qodirov 72 yil avval Stalin çeçen va inguş xalqlarini quvğin qilganini ta'kidlab ötdi.
"Operatsiyani Lavrentiy Beriya boşqargan. Ularga abadiy lan'atlar bölsin! Uluğ vatan uruşi frontlarida millionlab askar va zobitlar halok bölgan, Stalin esa çeçen xalqini jazolaş uçun 120 ming kişi taşlagan. Operatsiya davomida 800 çeçen otib taşlangan", deb yozdi Qodirov hamda çeçen xalqi yöqotişlari uning sonidan 54 foizini taşkil qilganini ta'kidlab ötdi.
Qodirovning ta'kidlaşiça, bundan bir neça ön yillar keyin "ma'suliyatsiz ğalamislarning aybi bilan Çeçenistonda ommaviy qurbonlar va vayronagarçiliklarga olib kelgan ikkita uruş keltirib çiqarilgan.






