Şveytsariya hukumati 2018 va 2022 yildagi jahon çempionatlari mezbonligini Rossiya va Qatarga beriş böyiça qaror bilan boğliq bölgan FIFAdagi şubhali moliyaviy işlar haqida olingan 152 ta xabarni tekşirmoqda. Bu haqda Şveytsariya boş prokuraturasi raisi ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

2015 yil dekabrida Şveytsariya prokuraturasi bunday 133 ta xabarni tekşirayotgani ma'lum qilingandi.

"Ayni vaqtda prokuratura futbol böyiça joriy tergovlar bilan boğliq şubhali moliyaviy işlar haqidagi 152 ta xabarni tekşirmoqda", deb aytdi prokuratura vakili.

FIFA tarixidagi eng yirik mojaro 2015 yilning may oyi oxirida avj oldi, öşanda taşkilot prezidenti lavozimiga saylovlardan ikki kun avval Tsyurixdagi mehmonxonada AQŞning sörovi bilan şveysar politsiyasi taşkilotning 7 nafar yuqori lavozimli amaldorlarini korrupsiyada gumon qilib hibsga olgan. AQŞ adliya vazirligining ma'lumotlariga köra, ular 24 yil davomida 150 mln dollarga yaqin pora olgan.

Şveytsariya politsiyasi 2010, 2018 va 2022 yilgi jahon çempionatlari mezbonlarini aniqlaş saylovlarida pullarni yuvişga aloqador bölgan bir guruh noma'lum şaxslarga jinoiy iş qözğatgan. FIFAning öşandagi prezidenti Yozef Blatter 29 mayda navbatdagi muddatga qayta saylangan, biroq 4 kundan keyin korrupsiya mojarosi ortida iste'foga ketişini e'lon qilgan.