Apple kompaniyasi mutaxassislari iPhone smartfonlari uçun AQŞ maxsus xizmatlari mavjud usullar bilan oça olmaydigan himoya tizimini yaratmoqdalar. Bu haqda New York Times gazetasining elektron versiyasida ma'lum qilindi.
Naşr manbalarining ma'lumotlariga köra, "Apple muhandislari bloklangan qurilmalarni maxsus xizmatlar Kaliforniyadagi sud taftişida gapirilgan usullar bilan oça olmaydigan yangi himoya vositalari yaratiş ustida iş boşlaşdi". Naşrning ta'kidlaşiça, bu yönalişdagi iş kompaniya uçun muvaffaqiyatli tugaşi mumkin.
Ötgan haftada Kaliforniya sudi Apple’dan Federal qidiruvlar byurosi xodimlariga iPhone’da saqlanayotgan ma'lumotni olişga imkon beruvçi maxsus dasturni berişni talab qildi. Bu qurilma San-Bernardinoda terakt uyuştirgan va bartaraf etilgan terrorçi Said Farrukga tegişli bölgan.
Apple boşliği Tim Kuk FQBning bu talabi böyiça bahslaşişini aytgan. U Apple xodimlari davlat muassasalariga teraktni tergov qiliş nuqtai nazaridan muhim bölgan barça ma'lumotlarni şundoq ham yetarliça miqdorda taqdim qilgan, deb hisoblamoqda. Kuk korporatsiya maxsus xizmatlarga iPhone’ni oçişga imkon beruvçi dasturiy ta'minotni beriş istagida emasligini qöşimça qildi.






